PulManda avtoulov yoki noturar ko‘chmas mulk garovi asosida kredit
Hayotda shoshilinch moliyaviy muammolarni hal qilish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmagan holatlar uchrab turadi. Bank xizmatlari har doim ham mos kelmaydi, chunki ko‘plab hujjatlarni to‘plashga va javobni bir necha kun kutishga to‘g‘ri keladi. PulManda avtoulov yoki noturar ko‘chmas mulk garovi asosida mikromoliyalashtirish muqobil yechim bo‘lishi mumkin.
Mikromoliya tashkiloti hamkorlikning qulay shartlarini taklif etadi va arizalarni eng qisqa vaqt ichida ko‘rib chiqadi. Mijozning maqsadlariga qarab, PulMan uchta asosiy moliyaviy mahsulotni taqdim etadi: mikroqarz, mikrokredit va tadbirkor-ayol.
Mikroqarz iste’mol maqsadlari uchun beriladi. U avtomobil yoki noturar ko‘chmas mulk garovi asosida rasmiylashtirilishi mumkin. Qarz muddati 3 oydan 36 oygacha, miqdori esa 5 000 000 dan 100 000 000 so‘mgacha o‘zgarib turadi. Qarz oluvchi doimiy ish joyiga ega bo‘lgan shaxs bo‘lishi kerak.
Mikrokredit biznesni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan. Mikroqarz singari, u ham avtomobil yoki noturar ko‘chmas mulk garovi asosida rasmiylashtirilishi mumkin va muddati ham 3 oydan 36 oygacha bo‘ladi. Shu o’rinda mikrokredit miqdori 300 000 000 so‘mga yetishi mumkin. Ushbu mahsulotni faqat yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) maqomiga ega bo‘lgan yoki o‘zini-o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tgan qarz oluvchilar olishi mumkin.
Alohida e’tibor "Tadbirkor-ayol" mahsulotiga qaratiladi, chunki u maxsus ayollar uchun yaratilgan. Ushbu mikrokredit 5 000 000 dan 300 000 000 so‘mgacha miqdorda bo‘lib, faqat maksimal 36 oy muddatga beriladi. Garov avtoulov yoki noturar ko‘chmas mulk bo‘lishi mumkin va qarz oluvchi yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) maqomiga ega bo‘lishi yoki o‘zini-o‘zi band qilgan bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, PulMan mijozlari iste’mol maqsadlari yoki biznesni rivojlantirish uchun o‘z ehtiyojlariga eng mos mahsulotni tanlashlari mumkin. Avtomobil yoki noturar ko‘chmas mulk garovi asosida mikroqarz yoki mikrokreditni kafillarsiz, tez va qulay tarzda rasmiylashtirish mumkin.
Avtomobil/noturar ko‘chmas mulk garovi asosida mikroqarz yoki mikrokreditni qanday olish mumkin?
Bizning MMT da ariza qoldirishingiz mumkin:
- Istalgan filialda. Sizga qulay vaqtda kerakli hujjatlarni tayyorlab, kompaniya ofisiga murojaat qiling.
- Onlayn - rasmiy saytda. Kerakli miqdor va moliyalashtirish muddati, sizga kerak bo‘lgan mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan anketani to‘ldirish orqali. Anketani to‘ldirgandan so‘ng, siz tasdiqlanishi mumkin bo‘lgan miqdor ko‘rsatilgan dastlabki qarorni olasiz.
E’tibor bering! Onlayn hisob-kitob dastlabki hisoblanadi, qaror filialda taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlaringizga qarab o‘zgarishi mumkin.
Arizani oldindan ko‘rib chiqqandan so‘ng, kompaniya mutaxassislari garov mulkining holatini tezda tekshiradilar va mijoz tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganadilar. Javob ijobiy bo‘lgan taqdirda, tomonlar shartnoma tuzadilar va notarial xizmatlar to‘langandan so‘ng, qarz oluvchi darhol so’ralgan mablag’ni olishi mumkin. Mablag‘lar naqd pulda ham, bank kartasiga ham — mijozning xohishiga ko‘ra beriladi.
Avtomashina yoki noturar ko‘chmas mulk garovi asosida mikroqarz/mikrokredit olish uchun nima kerak va uni kim olishi mumkin?
Avtomobil yoki noturar ko‘chmas mulk garovi asosida mikrokreditni quyidagi shaxslar rasmiylashtirishi mumkin:
- 21 yoshdan 55 yoshgacha (ayollar uchun) va 60 yoshgacha (erkaklar uchun);
- doimiy ish bilan ta’minlanganlar;
- kerakli hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etishga tayyor bo‘lganlar.
PulMan avtomobilga minimal talablar qo‘yadi:
- 2000 yildan keyin ishlab chiqarilga;
- garov va hibsda bo‘lmagan, DANda to‘lanmagan jarimalari bo‘lmagan;
- O‘zbekistonda bojxona rasmiylashtiruvidan o`tgan.
Yengil avtomobilni ham, yuk mashinasi, mikroavtobus yoki qishloq xo‘jaligi texnikasini ham garovga qo‘yish mumkin.
MMTda avtoulov garovi asosida mablag‘ olish uchun transport vositasi uchun pasport, texnik pasportning asl nusxasini tayyorlab qo‘yish kerak. Agar mijozning turmush o‘rtog‘i bo‘lsa va mashina nikoh davrida sotib olingan bo‘lsa, shuningdek nikohdan keyin texpasport o‘zgartirilgan bo‘lsa, unda nikoh to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi va er/xotinning shaxsiy ishtiroki talab etiladi.
Ko‘chmas mulkka:
- noturar ko’chmas mulk sifatida ro‘yxatdan o‘tgan;
- garovda/hibsda turmaydigan;
- huquqiy hujjatlarning mavjudligi;
- tashlandiq bo‘lmagan.
MMT-da avtoulov yoki noturar ko‘chmas mulk garovi asosida mablag‘ni olish uchun garovga qo‘yilgan mulk hujjatlarining asl nusxalarini tayyorlab qo‘yish kerak. Agar mijozning turmush o‘rtog‘i bo‘lsa va mashina nikohda yashash paytida sotib olingan bo‘lsa yoki nikoh davrida texpasport o‘zgartirilgan bo‘lsa, unda nikoh to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi va er/xotinning shaxsan ishtiroki talab etiadi.
MMTga murojaat qilishning afzalliklari
PulMan tashkiloti quyidagi afzalliklari:
- garovga qo‘yilgan mulk bahosining 70% gacha bo‘lgan mikroqarz yoki mikrokredit;
- kompaniya avtomobilning bozor qiymatini kamaytirmaydi;
- avtomobil bepul baholanadi;
- Arizalar tezda ko‘rib chiqiladi - mablag‘ ko‘pincha murojaat qilingan kuni beriladi;
- Shaffof hamkorlik - MMT amaldagi litsenziyaga ega.
Ish vaqtida kompaniya maslahatchilari sizni qiziqtirgan ma’lumotlarni telefon va elektron pochta orqali taqdim etishga tayyor. Agar xohlasangiz, kunning istalgan vaqtida arizani sayt orqali berishingiz mumkin: anketa eng yaqin ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Nima uchun MMT avtolombarddan yaxshiroq?
Avtolombardga murojaat qilib, siz mashinadan foydalana olmaysiz. Bunday tashkilotlar ko‘pincha mashinalarni o’zlarida olib, uni qarzni to‘liq to‘lamaguncha saqlashadi. PulManda bunday qat’iy qoidalar yo‘q: transport vositasi sizning ixtiyoringizda qoladi.