O‘zbekistonda mikrokredit olish

O‘zbekistonda mikrokredit olish

PulMan kompaniyasi manfaatli shartlarda mikrokredit olishni taklif qiladi. Biz qarzni avtomobil garovi asosida past – oylik 3,6 % foiz stavkasi bilan taqdim etamiz.
Mashinadan foydalanish huquqi mijoz ixtiyorida qoladi, biz mijoz mikrokreditni nima maqsadda olayotganini so‘ramaymiz.
Qisqa muddat ichida arizani ko‘rib chiqamiz va to‘lovni amalga oshiramiz.
Qarzga pul olish
Narxni hisoblang
Har oylik to'lovning taxminiy miqdorini saytdagi kalkulyator yordamida, miqdori va muddatini tanlab hisoblang

Mikrokreditni rasmiylashtirish afzalliklari

PulMan kompaniyasi maqbul shartlarni taklif etadi:

  • Katta kredit limiti. Garovga qo‘yilgan mulkning real qiymatiga va anketa ma’lumotlariga qarab, mijoz 5 mln so‘mdan 50 mln so‘mgacha qarz mablag‘ini oladi. Yirik qarz mablag‘ini olish va ko‘plab moliyaviy masalalarni hal qilish imkonini yaratadi.
  • Rasmiylashtirish jarayonining qulayligi. Kredit olishda mijoz uchun kafillar talab etilmaydi, ko‘p miqdorda rasmiy ma’lumotnomalar so’ralmaydi. 15 mln so‘mgacha bo’lgan miqdordagi mablag’ni olish uchun ariza, rasmiy daromad talab etilmagan holda ko‘rib chiqiladi.
  • Qarzni uzishning moslashuvchan muddatlari. Mikroqarz 3 oydan 36 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Arizani taqdim etayotganda mijozning o‘zi kreditlashning optimal davomiyligini tanlaydi. Qarz o‘z vaqtida uzilganida kredit tarixi yaxshilanadi.
  • Xarajatlarning kamligi. Kreditor baholash xarajatlarini o‘z zimmasiga oladi. To’lovni mijoz notarius xizmatlari uchungina amalga oshiradi.

Mikromoliya tashkilotiga dushanbadan shanbagacha murojaat qilish mumkin. Odatda ariza rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab mablag’ ajratilgunga qadar bir kundan kam vaqt ketadi.

PulMan kompaniyasida online mikro qarz olish qanday amalga oshiriladi?

Buning ikki yo‘li bor:

  • Ehtimoliy kredit summasini oldindan hisoblash uchun ariza qoldirish. MMT saytining bosh sahifasidagi kalkulyator yordamida qarz mablag‘ining taxminiy miqdoriga aniqlik kiritish mumkin. So‘rov yuborilganidan keyin mijoz bilan PulMan xodimi bog‘lanadi va keyingi harakatlar haqida ma’lumot beradi. So‘ngra qarz oluvchi o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda axborotni tekshirish va shartnoma tuzish uchun MMTning filialiga tashrif buyurishi kerak bo‘ladi.
  • Tashkilot ofisida arizani darhol rasmiylashtirish. PulMan kompaniyasining bo‘limlari O‘zbekistonning turli shaharlarida mavjud bo’lib, ofislar tarmog‘i muntazam ravishda kengaymoqda. Mijoz konsultant hamrohligida arizani to‘ldiradi. Bunda u o‘zi bilan hujjatlarni (shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma, texpasport) olib kelgan bo‘lishi lozim. Agar mulk er/xotin nikoh davrida xarid qilingan bo‘lsa, ofisga u bilan birga kelishi va nikoh haqidagi guvohnomani taqdim etishi zarur bo‘ladi. Bunda barcha hujjatlarning asl nusxalari kerak bo’ladi.

Mijozning xoxishiga qarab kelishilgan pul mablag‘i uning bank kartasiga o‘tkaziladi yoki naqd pulda beriladi (bu tanlangan bo‘limga bog‘liq).

Kimlar mikrokredit olishi mumkin?

PulMan kompaniyasi quyidagi talablarga mos keladigan mijozlarga kredit taqdim etadi:

  • Yoshi. 21-60 yoshdagi erkaklar va 21-55 yoshdagi ayollarning arizalari ko‘rib chiqiladi.
  • Doimiy ish joyi. Bu majburiy talab, usiz kredit taqdim etilmaydi. Biroq daromadning minimal chegarasi belgilanmagan, shu bois har qanday miqdorda maosh oluvchi shaxslar kredit ma’qullanishiga umid qilishlari mumkin.
  • Shaxsiy mulk sifatida avtomobil ega bo‘lishi. Shuningdek mulkni garovga qo‘yish huquqi ko‘rsatilgan bosh ishonchnoma ham qabul qilinadi.

PulMan kompaniyasida turli transportni garovga qo‘yish mumkin:

  • Yengil (har qanday marka va model).
  • Yuk (maksimal og‘irligi — 7,5 tonna).
  • Mikroavtobus (o‘rindiqlari soni — 16 tagacha).

Avtomobillarga qo‘yiladigan umumiy talab — 2000-yildan boshlab chiqarilgan bo‘lishi lozim.

Savol-javob