Avtomobil bilan garovga olingan pul

Avtomobil bilan garovga olingan pul

PulMan kompaniyasida avtomobil garovi evaziga mablag‘lar taqdim etiladi. Agar sizda transport vositasi bo‘lsa, siz moliyaviy muammolarni oson va qulay shartlarda hal qilishingiz mumkin.
MMT mashina haydash huquqini mijozning o‘zida qoldiradi va 3,6% lik qulay kredit stavkasini taklif qiladi.
Kompaniya litsenziyaga ega, shuning uchun qarz oluvchilarning manfaatlari davlat darajasida himoyalangan.
Qarzga pul olish
avto kefili pul olish

Avtomobil garovi asosida kreditni qanday olish mumkin?

Avtomobil garovi evaziga pulni qarzga olish uchun mijoz transport vositalarini baholash va hujjatlarni tekshiruvdan o‘tkaziish uchun PulMan kompaniyasining istalgan filialiga boradi.

Ofisda siz pasportingizning asl nusxasi va avtomashinaning texpasportini taqdim etishingiz kerak, agar siz uni nikoh davrida sotib olgan bo‘lsangiz, nikoh guvohnomasi zarur bo‘ladi, buning uchun siz turmush o‘rtog‘ingiz bilan MMT filialiga tashrif buyurishingiz kerak bo`ladi.

Avtomobil garovi asosida mikroqarz yoki mikrokreditni tashrif buyurgan kuni naqd pulda yoki kartaga olish mumkin.

Kredit miqdorini oldindan hisoblash uchun PulMan kompaniyasi saytda onlayn ariza qoldirishingiz mumkin.

Onlayn kalkulyator yoramida, avtomobilning rusumi va modeli, chiqarilgan yilini hisobga olgan holda kredit miqdori chiqarib beradi. Shu bilan birga, qarzning aniq miqdori mijozga ofisning o‘zida taqdim etilgan hujjatlar tekshirilganidan va transport holati baholaganidan so‘ng ma’lum qilinadi.

Avtomobil garovi asosida mikroqarz har qanday iste’molchilik ehtiyojlari uchun ajratiladi, mikrokredit bo‘lsa, faqat biznesni rivojlantirish uchun beriladi.

Narxni hisoblang
Har oylik to'lovning taxminiy miqdorini saytdagi kalkulyator yordamida, miqdori va muddatini tanlab hisoblang

Qarz oluvchi uchun shartlar

PulMan kompaniyasida avtomobil garovi asosida mikroqarz yoki mikrokredit doimiy ish joyiga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi.

Qarzni erkaklar (21-60 yosh) va ayollar (21-55 yosh) olishlari mumkin.

Avtomobil egasi yoki avtomobilni garovga qo‘yish huquqi ko‘rsatilgan bosh ishonchnomaga ega bo‘lgan shaxs avtomashinani garovga qo‘yish evaziga kredit olish uchun ariza topshirishi mumkin.

Qarzdor uchun talablar va shartlar

Avtomobilga qo‘yiladigan talablar

Agar transport quyidagi talablarga javob bersa, avtomobil garovi asosida mikroqarz yoki mikrokredit olish imkoni yuqori bo’ladi:

  • Ishlab chiqarilgan sanasi – 2000-yildan keyin;
  • turi - yengil, yuk (7,5 tonnadan ortiq bo‘lmagan) avtomobillari, mikroavtobus (16 tagacha yo‘lovchi o‘rindig‘iga ega);
  • O‘zbekistonda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tgan.

Agar avtomobilning to‘lanmagan jarimalari bo‘lsa yoki transport hibsga olingan bo‘lsa, mashina garovi asosida mikroqarz va mikrokredit berilmaydi.

Kafil bo'lgan avtoga talablar
Qarz oluvchilar tomonidan tez-tez beriladigan savollar