Oʼzbekistonda garov asosida kredit

Oʼzbekistonda garov asosida kredit

Garov asosida kredit — har qanday maqsadlar uchun pul mablag‘ini tez olish imkonini beradigan xizmat.
PulMan mikromoliya tashkiloti Oʼzbekistonda qarz oluvchilarga hamkorlikning oddiy va shaffof shartlarini taklif qiladi.
Kreditning ushbu kompaniyada ma’qullanish imkoniyati banknikiga qaraganda yuqoriroq, arizalarni ko‘rib chiqish esa juda kam vaqtni oladi.
Qarzga pul olish

Garov asosida kredit o‘zi nima?

Garov asosida mikroqarz — bu qoʼshimcha mulk bilan taʼminganlikni koʼzda tutadigan kreditlash turi. Mijoz MMTga qarz toʼlanishining kafolati sifatida muayyan aktivlarni taqdim etadi. Kompaniya qarz oluvchiga taqdim etishga tayyor pulning aniq miqdori garov mulki baholanganidan keyin belgilanadi.

Narxni hisoblang
Har oylik to'lovning taxminiy miqdorini saytdagi kalkulyator yordamida, miqdori va muddatini tanlab hisoblang

Garov asosida kreditning qarz oluvchi uchun afzalliklari

PulMan kompaniyasi garov asosida kredit olishni tanlagan mijozlar uchun quyidagilarni taklif etamiz: 

  • Katta kredit limiti. Garov evaziga kredit olish. Avtomobilning baholangan qiymatiga qarab 5 million so'mdan 50 million so'mgacha kredit.
  • Past foiz stavkasi. Xizmat ko‘rsatganlik uchun komissiya haqi garovsiz kreditdan foydalanishga qaraganda kamroq – har oyda bor-yo‘g‘i 3,6%.
  • Qarzni uzishning maqbul muddatlari. O‘zbekistonda garovsiz qarz mablag‘i  odatda bir necha haftaga beriladi. PulMan kompaniyasi esa shartnomani 3-36 oyga rasmiylashtirishni taklif qiladi.

MMTda mashina garovi asosida mikrokreditni muddatidan oldin, jarimalarsiz uzish mumkin. Kompaniya mulkning o‘rtacha bozor qiymatidan 70% gacha bo‘lgan pul miqdorini to‘laydi.

Garov predmeti

Biz garov sifatida Oʼzbekiston raqamlari bilan xarakatlanayotgan avtomobillarni qabul qilamiz. Transport vositalariga qoʼyiladigan talablar minimal:

  • Ishlab chiqarilgan yili — 2000 yildan boshlab.
  • Turi — yengil, yuk (7,5 t gacha), mikroavtobus (maksimum — 16 ta o‘rindiqli).
  • Avtomobil jarimalari yo‘qligi.
  • Mashina garovda bo‘lmasligi kerak.

Mijozlarning aksariyatini PulMan kompaniyasida mashinani baholash ishlari bepul amalga oshirilishi holati jalb qilishi mumkin.

Avtomobilni garovga bergan mijoz qarz to‘liq uzilgunga qadar transport vositasidan foydalanish huquqini saqlab qoladi. Odatiy qulaylikdan voz kechishga va mashina qanday sharoitlarda saqlanayotganidan havotir olishga xojat yo‘q.

Mashina garovi asosida kreditni qanday rasmiylashtirish mumkin?

Rasmiy saytda avtomobil garovi asosida kreditni hisoblash uchun kalkulyator mavjud, u mashinaning ishlab chiqarilgan yili, rusumi, modelini hisobga olgan holda ehtimoliy qarz miqdorini bilishga yordam beradi. Biroq bu fakatgina tanishib chikishingiz uchungina moʼljallangan axborot hisoblanadi, chunki maʼqullangan kreditning aniq miqdori avtomobilning holatiga va mijoz tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga bogʼliq boʼladi. Аrizani yuborganingizdan keyin kompaniya mutaxassisi siz bilan bogʼlanadi va batafsilroq maʼlumotni telefon orqali operatorlar taqdim etishadi.

Avtomobilni ekspert baholash va shartnoma tuzish uchun qarz oluvchi PulMan kompaniyasining istalgan filialiga tashrif buyurishi kerak. Ofislarimiz O‘zbekistonning turli shaharlarida dushanbadan shanbagcha ishlaydi. Qarz mablag‘lari naqd pulda beriladi yoki kartaga o‘tkaziladi.

Аgar soʼrov maʼqullangan boʼlsa, mijoz notarius xizmatlari uchun toʼlovni amalga oshiradi va kerakli summani eng qisqa fursatlarda qabul qilib oladi. Shunday qilib, kreditni odatda PulMan ofisiga kelgan kuningizda olishingiz mumkin. Biz bilan koʼpgina banklardagi kabi qarorni bir necha kunlab kutmaysiz. Hatto shoshilinch moliyaviy masalalarni ham tezda hal qila olasiz.

Qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

Kreditni rasmiylashtirish uchun quyidagilarning asl nusxalari talab qilinadi:

  • avtomobil egasining pasporti (eski yoki yangi namunadagi);
  • avtomobilning texpasporti;
  • agar mashina nikoh davrida xarid qilingan bo‘lsa — nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma, shuningdek bitim paytida er/xotinning ishtiroki zarur.

Agar mijoz 15 mln so‘mgacha pul qarz olmoqchi bo‘lsa, u rasmiy daromadini tasdiqlashi talab qilinmaydi.

Savol-javob