Yuk mashinasi bilan garovga olingan kredit

Yuk mashinasi bilan garovga olingan kredit

PulMan mikromoliya tashkilotining mijozlari haydash huquqi bilan avtomobil garovi asosida mikroqarz yoki mikrokredit olish imkoniyatiga ega.
Bizning mijozlarimiz transport vositasining real bozor qiymatidan 70% gacha bo‘lgan miqdorini oladi, bunda ular qarzni to‘lash muddati davomida transport vositasidan foydalanish xuquqidan mahrum etilmaydi.
Qarz summasi alohida belgilanadi va 5-50 million so‘mni tashkil qiladi.
Qarzga pul olish

Yuk mashinasini garovga qo‘yish evaziga kredit olish shartlari

Agar  yuk avtomobili garovi asosida mikroqarz yoki mikrokreditn ma’qullanishi mumkin bo’lgan taxminiy summasini oldindan hisoblab chiqish kerak bo‘lsa mikromoliya tashkiloti saytida yoki  ofislrida  aniqlik kiritib olish imkoni mavjud.

Qarzning taxminiy miqdori transport rusumi, modeli, uning ishlab chiqarilgan yili hisobga olingan holda belgilanadi.

Agar siz PulMan kompaniyasiga murojaat qilishga qaror qilsangiz, kompaniyaning shahringizdagi istalgan filialiga tashrif buyurishingiz kerak. Aniq javob berishdan oldin mutaxassislar mijozning hujjatlarini tahlil qiladi va transport vositasini baholaydi. Agar qaror ijobiy bo‘lsa va taklif qilingan miqdor qarz oluvchiga mos kelsa, u notarial tasdiq uchun to‘lovni amalga oshiradi va yuk mashinasini garovga qo‘yish evaziga mablag‘larni naqd pulda yoki bank kartasiga oladi. Baholovchining xizmatlari uchun qshimcha o‘ to‘lovlar mavjud emas.

Narxni hisoblang
Har oylik to'lovning taxminiy miqdorini saytdagi kalkulyator yordamida, miqdori va muddatini tanlab hisoblang

Yuk mashinasi uchun maxsus talablar bormi?

Mashina bir nechta mezonlarga javob berishi kerak:

  • chiqarilgan yili – 2000-yildan keyin chiqarilgan;
  • og‘irligi - 7,5 tonnagacha (umumiy);
  • transport vositasi davlat raqami - O’zbekiston;
  • mavjud jarimalar – yo‘q.

Ofisga murojaat qilganingizda, sizga yuk mashinasi uchun texpasportning asl nusxasi kerak bo‘ladi.

Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar

Yuk avtomobili garovi asosida plastik kartaga mikroqarzni yoki naqd pulda mikrokreditni 21 yoshdan oshgan, doimiy  ish joyiga ega bo‘lgan mijozlar olishi mumkin. Qarz oluvchining maksimal yoshi 55 yosh (ayollar uchun) va 60 yosh (erkaklar uchun).

Kreditor avtomashinaning bevosita egalari yoki transport vositasini garovga qo‘yish huquqi ko‘rsatilgan bosh ishonchnomaga ega bo‘lgan mijozlar bilan hamkorlik qiladi.

PulMan bilan shartnomani imzolash uchun qarz oluvchi filialda pasportning asl nusxasini taqdim etishi kerak. Agar yuk mashinasi nikoh davrida sotib olingan bo‘lsa yoki ushbu davrda uning texpasporti o‘zgartirilgan bo‘lsa, eringiz/xotiningiz bilan birga MMT filialiga kelishingiz va nikoh guvohnomasini ko‘rsatishingiz kerak.

Qarz qanday to‘lanadi?

To`lovni siz istalgan bank tashkilotida, eng yaqin PulMan tarmoq ofisida yoki Apelsin/Payme ilovasi orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Sayt sahifalarida har bir usul uchun batafsil yo`riqnoma mavjud.

Bank o‘tkazmalariga 3 ish kunigacha ishlov berilishi mumkinligini esda tutishingiz tavsiya etiladi.