Moliyaviy masalalarni qulay hal qilish uchun Jizzaxda avtomobilni garovga qo‘yish evaziga kredit olishingiz mumkin. PulMan mikromoliya tashkiloti avtomobilning o‘rtacha bozor qiymatining 70% gacha miqdorini to‘laydi. Qarz to‘langunga qadar, mijoz mashinadan erkin foydalanishi mumkin. Biz mijozlarning arizalarini aksariyat banklarga qaraganda tezroq ko‘rib chiqamiz va kredit berishning maqbul shartlarini taklif qilamiz.
Nima uchun PulMan MMTni tanlagan ma’qul?
Bizning mijozlarimiz:
- ofisga murojaat qilingan kuni javob olishadi;
- oyiga atigi 3,6% haq to‘lashadi;
- baholash uchun pul sarflashmaydi – bu xarajatlarni o‘z zimmamizga olamiz.
Kreditlar mijoz uchun qulay usulda – kartaga, naqd pulda yoki rekvizitlar bo‘yicha kompaniya hisobiga o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi.
Jizzaxda kim avtomobil garovi asosida qarz olishi mumkin?
Avtomobilning bevosita egasi yoki uni garovga qo‘yish huquqi ko‘rsatilgan transport ishonchnomasiga ega shaxs. Qarz mablag‘lari 21 yoshdan katta hamda 60 yoshdan (erkaklar uchun) va 55 yoshdan (ayollar uchun) kichik ish bilan ta’minlangan shaxslarga beriladi.
Jizzaxda avtomashina garovi asosida kreditni qanday rasmiylashtirish mumkin?
Dastlabki qarorni olish uchun siz avtomobil haqidagi asosiy ma’lumotlar (ishlab chiqarilgan yili, rusumi, modeli) kiritilgan onlayn arizani to‘ldirishingiz mumkin. Kalkulyator mikrokreditning tanlangan miqdori va muddati bo‘yicha oylik to‘lovni bilish imkoniyatini beradi. Ariza qabul qilinganidan so‘ng, menejer mijoz bilan bog‘lanadi va u garov evaziga kredit olishning keyingi bosqichlari haqida gapirib beradi.
Aniq qarorni va yakuniy kredit miqdorini faqat PulMan bo‘limiga tashrif buyurganingizdan keyin bilib olishingiz mumkin. Kompaniya mutaxassislari hujjatlarni o‘rganadi, baholovchilar mashinaning holatini tekshiradi, mijoz esa tezda javob oladi. Agar hammasi joyida bo‘lsa, qarz oluvchi notarius xizmatlarini to‘laydi va unga darhol ma’qullangan kredit taqdim etiladi.